Android dasturida maxfiy «vahima tugmasi» aniqlandi

Fan-texnika 18:20 / 11.07.2017 18121

Foydalanuvchilar Android tizimida maxfiy «vahima tugmasi» (panic button)ni aniqlashdi. U xavfli ilovadan zudlik bilan chiqib ketadi. Bu haqda Bleeping Computer yozmoqda.

Maxsus tartib «Orqaga» tugmasining bosilish oralig‘ini hisoblab boradi. Mazkur tugma ketma-ket 4 marta bosilsa, dasturiy ta'minot ishga tushgan ilovani to‘xtatadi va foydalanuvchini markaziy ekranga qaytaradi. Bu tizim ishini to‘sib qo‘ya oladigan zararli ilovalarning ishlashini to‘xtatish uchun zarur. 

«Vahima tugmasi» ayni vaqtda sinovdan o‘tish bosqichida bo‘lgani sababli Google uni e'lon qilgani yo‘q. Shunga muvofiq, uni Android 7.1 dasturining ayrim foydalanuvchilari SystemUI APK tizimidagi config.xml fayli orqali ishga tushirishlari mumkin. 

Shu yilning mart oyida axborot xavfsizligi mutaxassislari Samsung, LG, Xiaomi, Asus, Oppo va Lenovo smartfonlari avvaldan o‘rnatilgan zararli dasturiy ta'minot bilan sotuvga chiqarilishini aniqlagan edi. Unga ko‘ra, turli qurilmalarda 6 turdagi har xil troyan dasturlari mavjud bo‘lgan. Ulardan biri bo‘lgan Loki dasturi maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlab, uchinchi tomonga berishi va reklamani namoyish etishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: