O‘zbekistonda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqish boshlanadi

Fan-texnika 17:53 / 10.07.2017 20403

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qishloq xo‘jaligi texnikasi sohasidagi ilmiy-texnik bazani yanada mustahkamlash choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
 
«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tuzilmasida mavjud bo‘lgan «Agrosanoatmashinjiniring» MChJ «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi muhandislik-texnologik markazi» (Markaz) etib o‘zgartirildi.
 
Markaz zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yangi mashinalar hamda qurilmalarning tajribaviy namunalarini ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi texnikasining yangi tajribaviy namunalarini zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalardan foydalangan holda tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.
 
Unga «SKB - «Traktor» va «KB-O‘zAgrotex» MChJ qo‘shiladi. Ularning intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlari, ilmiy-konstruktorlik ishlanmalari va boshqa texnik hujjatlari, shuningdek, ilmiy-texnik loyihalar va ularni amalga oshirish uchun imzolangan shartnomalar ham markazga o‘tkaziladi.
 
Ushbu tashkilot 2020 yilning 1 yanvariga qadar mulk solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi qoshidagi ta'lim hamda tibbiy muassasalar moddiy-texnik bazasini rivojlantirish byudjyetdan tashqari Jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etildi.

Ko‘proq yangiliklar: