«Kasperskiy laboratoriyasi» bank kartalaridagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaydigan virusni aniqladi

Fan-texnika 22:15 / 10.07.2017 4759

«Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari POS-terminallarga hujum qiluvchi va bank kartalari ma'lumotlarini o‘g‘irlovchi Neutrino «troyan»i modifikatsiyasini aniqlashdi.

«Bizning mamlakatga (Rossiya) bu zararli dasturning barcha hujumlarining chorak qismi to‘g‘ri keladi. Neutrino ta'sir doirasiga Jazoir, Qozog‘iston, Ukraina va Misr ham tushgan. Barcha urinishlarning 10 foizga yaqini kichik biznes korxonalariga zarar yetkazgan», deyilgan xabarda.

Laboratoriya ma'lumotiga ko‘ra, Neutrino  POS-terminallar uchun — noodatiy virus dasturi versiyasidir. Bunday virus tadqiqotchilarga ma'lum va bir necha marta tarqalish metodlari hamda funksiyalarini o‘zgartirgan. Bu safar troyan zararlangan terminallar orqali bank kartalariga tushmoqda.

Shu bilan birgalikda Neutrino darhol ma'lumot yig‘ishga kirishmaydi. POS-terminali tizimiga tushgach, troyan biroz vaqt kutadi. Ekspertlarning taxmin qilishicha, bu orqali u himoya mexanizmini aylanib o‘tishga harakat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: