Xitoyning Anxoy viloyatida daryolar, ko‘llar va dengizlarda mustaqil harakatlanishi mumkin bo‘lgan ilk qutqaruv kateri suvga tushirildi. U bu yerdagi sayyohlar va mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan yirik suv havzasida xizmat olib boradi.
Qutqaruv droni ishlab chiqaruvchilarning aniqlik kiritishicha, kater bortida infraqizil sensorlarga ega kameralar ham o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida qayiq suvda harakatlanuvchi kishilarni izlab topishi mumkin. Dron-kater barcha suzayotgan kishilarni aniqlagach, ularni jiddiy kuzata boshlaydi. Agarda kimdir uzoqroq masofaga suzib ketsa, kater kishi qayerda joylashganini darhol aniqlashga harakat qilib, ma'lumotlar va qo‘mondonlik markaziga trevoga belgisini yuboradi hamda qutqaruvchilar brigadasini chaqiradi.
Kater ishlab chiqaruvchisi Yu Yandaoning aniqlik kiritishicha, Xitoyda avval bunday qurimalar yasalmagan bo‘lib, bunga xitoylik mutaxassislarda qayiqni bu darajada boshqarishi mumkin bo‘lgan DTni yaratish uchun tajriba yetishmagani sabab bo‘lgan.