Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Iqtisodiyot 17:40 / 05.07.2017 8009

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bankning Toshkentdagi vakolatxonasi saytida ma'lum qilinishicha, bu lavozimda endilikda Xideki Mori faoliyat yuritadi.

Shu vaqtgacha Yan-Peter Olters Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgandi.

Mori 1993 yildan buyon Jahon banki tizimida bo‘lib, bankning turli qit'alardagi vakolatxonalarda ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: