"Boko Harom"ning 700 ga yaqin jangarisi nigeriyalik harbiylarga taslim bo‘ldi

Foto: Flickr / S Martin
Nigeriyada harakat qiluvchi "Boko Harom" radikal guruhining 700 ga yaqin jangarisi nigeriyalik harbiylarga taslim bo‘ldi. Bu haqda Nigeriya armiyasiga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Qolganlar taslim bo‘lish jarayonida, bu esa "Boko Harom" urushni yutqazganiga aniq ishora qiladi", deb aytdi Nigeriya armiyasi shtabi boshlig‘i Tukur Buratay.
Jangarilar ta'limning xorijiy modeliga qarshi chiqadilar va butun mamlakat bo‘ylab shariat qonunlarini kiritishga intiladilar. Guruh Niger, Kamerun va Chad unga qarshi o‘tkazadigan harbiy kampaniyaga javoban mantazam ravishda teraktlar amalga oshirib keladi.
Mavzuga oid

18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi

13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

01:47 / 19.01.2025
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 70 ga yaqin inson halok bo‘ldi

14:40 / 14.12.2024