iPhone foydalanuvchilari va tahlilchilari "olma" gadjyetlarining turli modellarini turli parametrlarga ko‘ra sinab ko‘rishadi. SquareTrade sug‘urta kompaniyasi tahlilchilari birinchi iPhone va iPhone 7 qurilmalarini o‘zaro taqqolashdi. "Gazeta Daily" shu haqida ma'lum qildi.
Ekspertlar ikki modelni ham suvga solib, asfaltga tashlab, sinab ko‘rishdi. Kutilagindek, iPhone'ning eng birinchi qurilmasi suvga chidamlilik testidan o‘ta olmadi, zero u ishlab chiqarilgan paytlar IP67 standarti bo‘lmagan. Suv va changdan himoyalangan iPhone 7 esa ishchi funksiyalarini to‘liq saqlab qolgan.
Afsuski, asfaltga tashlash sinovidan ikki smartfon ham o‘ta olmadi. Ikkisiga ham ziyon yetdi, chunki iPhone'ning shisha ekranlari juda nozik bo‘ladi.