Kiyev: Rossiya Petya virusi orqali kiberhujumga aloqador

Fan-texnika 14:27 / 01.07.2017 5338

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya maxsus xizmatlarini davlat muassasalari, obektlari, moliya, energetik transport sohasi va boshqa xususiy korxonalarga Petya virusi yordamida kiberhujumni amalga oshirilganlikda aybladi.

«Xalqaro viruslarga qarshi kompaniyalar bilan o‘zaro aloqalar doirasida olingan ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaga 2016 yilning dekabrida Ukraina moliya tizimi, transport va energetika obektlariga «TeleBots» hamda «Blackenergy» ShPZlaridan foydalangan holda hujum qilgan xakerlik guruhlari aloqador. Bu ushbu hujumga Rossiya maxsus xizmatlari aloqador ekanini ko‘rsatadi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Ukraina xavfsizlik xizmatining ta'kidlashicha, kiberhujum paytida payqalgan amaliy buxgalterlik dasturiy ta'minotidan foydalanish avval faqatgina Shimoliy Koreya tomonidan uyushtirilgan xakerlar hujumida uchragan.

Ukraina hukumati kompyuterlari kiberhujumga uchradi

Ko‘proq yangiliklar: