O‘zbekiston hukumati Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 23 iyundagi «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta'minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan choralari to‘g‘risida»gi qarorida so‘z boradi.
«Tadbirkorlik sub'yektlarining sanoat, oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarini, shuningdek ijtimoiy yo‘nalishdagi davlat dasturlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va kreditlash shartlarini yengillashtirish choralarini ko‘rish vazifasi topshirildi. Ayni maqsadlar uchun manfaatdor vazirlik va idoralarning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi», deyilgan qarorda.