Moskva shahri va viloyatida kuchli jala vaqtida uch kishi halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti
Moskva shahri va viloyatida yuz bergan kuchli jala vaqtida uch kishi halok bo‘ldi va kamida besh inson jarohat oldi. Bu haqda Lenta.ru huquq-tartibot idoralaridagi manbaga asosan xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yangi Moskva hududida kuchli shamol natijasida yuk mashinasidan beton halqa tushib ketgan. U ikki erkakni bosib qolgan. Ulardan biri hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi, ikkinchisi tez yordam mashinasida vafot etdi.
Bundan tashqari, Dmitrovda soat 14:00 da 33 yoshli erkakni yashin urdi, u ham halok bo‘ldi.
Moskvada hozircha uch inson jabrlangani haqida ma'lumotlar bor: Mironov ko‘chasida shamol tufayli qulagan daraxt 50 yoshli ayolning ustiga tushgan, u shifoxonaga olib ketildi. Glavnaya alleya ko‘chasida ham ikki kishi – erkak va ayol daraxt qulashidan jabrlandi.
Moskva viloyatining Ramenskoye shahrida daraxt ikki ayolni bosib qoldi. Ular ham shifoxonaga yetkazildi.
Mavzuga oid

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

22:26 / 02.03.2025
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi

13:48 / 31.01.2025
Moskvada "Rosnano" top-menejerlari ushlandi

09:35 / 24.01.2025