Iste'molchilarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz chakana narxlari 15 iyuldan o‘zgaradi

Iqtisodiyot 18:09 / 30.06.2017 47328

“O‘ztransgaz” AKning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 29 iyundagi №19-03-22-06-O‘zR-28-2017-sonli narxlarni ro‘yxatga olish reyestriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi aholi iste'molchilariga yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun chakana narxlar 2017 yilning 15 iyulidan boshlab quyidagicha belgilanadi.

Isitish haqi besh oylik isitish mavsumi davomida to‘lanadi.

Ushbu preyskurant tariflari O‘zbekiston Respublikasi hududida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazga taalluqlidir.

Isitish uskunalari turidan kati nazar, aholi tomonidan uy va kvartiralarni isitishda tabiiy gazdan foydalanish uchun to‘lov besh oylik isitish mavsumi davomida har oy hisobidan belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan ortiq yoki kam qilib belgilangan taqdirda gazdan foydalanganlik uchun iste'molchilar bilan tegishli tarzda hisob-kitob qilinadi.

Iste'molchi (abonent) larda ikkita yoki undan ko‘p gaz plitasi yoki issiq suv ta'minoti uchun isitgich bo‘lsa, ushbu uskunalar uchun gaz sarflash me'yori ikki marta yoki undan ko‘proq oshiriladi.

Gaz o‘lchagichlar o‘rnatilgan uy (kvartira)larda foydalanilgan gaz uchun to‘lovlar o‘lchagichlar ko‘rsatkichi va ushbu preyskurantda belgilangan tarif buyicha to‘lanadi.

Foydalanilgan gaz uchun to‘lov miqdorini aniqlashda xonadonning barcha a'zolari, shu jumladan vaqtincha yashayotganlar ham hisobga olinadi.

Isitilayotgan xonalar deganda, butun foydali hajm: isitish uskunasi qayerda joylashganidan qatiy nazar, yashash xonalari, vannaxonalar, oshxona, ichki yo‘laklar, shuningdek, isitish uskunalari bor boshqa xonalar (veranda, terassa, oynavand balkonlar va boshqa qo‘shimcha qurilishlar) tushuniladi.

Isitiladigan xona me'yori bir kishiga 43 kub metr qilib belgilangan.

Xonalarni me'yorda belgilangan hajmda (43m3/kishi) isitish uchun foydalanilgan gaz haqi belgilangan tarif bo‘yicha, me'yordan ortiqcha hajmi uchun esa bir yarim barovar miqdorida to‘lanadi.

Avtonom suv isitgich va qozonlar orqali issiqxona (teplitsa) va oranjyereyalarni isitish, yakka tartibda mehnat faoliyatini yuritish chog‘ida tandir, ovqat pishirish uchun foydalanilgan gaz haqi ulgurji iste'molchilar uchun belgilangan tariflarda olinadi. Gaz o‘lchagichlar yo‘q bo‘lsa, gaz sarfi kechayu kunduz ishlagan gaz yoqish uskunalarining eng yuqori quvvati va isitish mavsumiga tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda aniqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: