Joriy yilning birinchi choragida jahon qarzi rekord darajaga yetib, 217 trln dollarni tashkil qildi. Bu haqda CNBC xalqaro moliya Instituti hisobotiga asosan xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu ko‘rsatkich jahon YaIMning 327 foizini tashkil etdi.
«Jahon qarzining ortishi uzoq muddatli o‘sishga xalaqit berishi mumkin va yakunda moliyaviy barqarorlikka xatar tug‘diradi», - deya ma'lum qilishgan xalqaro moliya Instituti xodimlari.
Aniqlik kiritilishicha, ko‘rsatilgan davrda rivojlanayotgan davlatlar umumiy qarzi 900 mlrd dollarga oshib, 23,6 trln dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichga eng ko‘p Braziliya (qarzdorlik 600 mlrd dollarga oshdi) va Hindiston (200 mlrd dollar) ta'sir ko‘rsatdi.