30 iyun kuni Kiotoda Starbucks tarmog‘ining yangi bo‘limi ish boshlaydi. U Ero (1603-1868) davrida qurilgan va 2005 yilga qadar choy uyi sifatida xizmat ko‘rsatgan binoda joylashadi.
Bino ta'mirlandi, biroq u eski shahardagi inshootlarga maksimal darajada o‘xshash bo‘lib qoldi. Kiraverishda Starbucks belgisi o‘rniga kompaniya logotipi bo‘lgan yashil bayroq osildi, tashrif buyuruvchilar esa oyoq kiyimlarini yechishlari va kursilarda emas, balki maxsus yostiqchalarda o‘tirishlari kerak bo‘ladi.
Muassasa Starbucks’ning oddiy qahvaxonasiga o‘xshash bo‘lmasa-da, undagi menyu odatiy bo‘ladi.