Rossiya 2014 yilning martida ikki haftaga Nyu-York Federal zaxira bankidan 115 milliard dollarlik aktivlarni olib chiqib ketgan. Bu haqda Reyter agentligi AQSh moliya vazirligi va federal zaxira xizmati vakillariga asosan xabar berdi.
Rossiya Nyu-York federal zaxira bankidan aktivlarni 2014 yilning martida, Qrim RF tarkibiga kirganidan so‘ng AQSh sanksiyalar kiritgach, olib chiqib ketgan, deb yozmoqda agentlik. AQSh FZX va moliya vazirligi amaldorlarining xulosasiga ko‘ra, Moskva AQSh aktivlarni muzlatib qo‘yishidan xavfsiragan, deb ma'lum qilishdi manbalar.
Rossiya banki taxminan ikki haftadan so‘ng mablag‘larning katta qismini FZX hisob raqamlariga qaytarib bergan, biroq, bu hodisa Amerika hukumatini hisob raqamlarni jiddiy kuzata boshlashiga turtki berdi.
Rossiya Banki agentlikka bu borada izoh bermasligini ma'lum qildi. Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi ham agentlik murojaatiga javob qaytarmadi.