Germaniyada 0 yevro qiymatdagi kupyuralar bosildi

Iqtisodiyot 19:08 / 24.06.2017 31105

Germaniya Yevropa markaziy banki ruxsati bilan 0 yevro qiymatdagi kupyuralarni chiqardi. Bu haqda Neue Osnabrücker Zeitung xabar bermoqda 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu kupyura bilan xaridlarni amalga oshirib bo‘lmaydi va u o‘zidan faqatgina suvenirni aks ettiradi. Biroq shu bilan birga kupyura barcha himoya darajalari, jumladan suv belgilari va gologrammalarga ega va oddiy yevrolar bosiladigan qog‘ozda bosiladi.   

Banknota nafaqat sayyohlar, balki kolleksionerlar e'tiborini ham jalb qilishi kutilmoqda. Kupyuralar cheklangan miqdorda – 5 ming nusxada chop etilgan va har biri 2,5 yevro turadi.

Banknotada Germaniya harbiy-dengiz flotining 1958 yilgi "Gorx Fok II" yelkanli qayig‘i tasvirlangan.

Ko‘proq yangiliklar: