Forbes dunyoning eng badavlat kishilari reytingini yangiladi

Light 15:09 / 22.06.2017 49151

Forbes jurnali dunyoning eng badavlat kishilari reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, ilk uch o‘rin amerikalik milliarderlar tomonidan egallandi.

Birinchi o‘rin "Microsoft" asoschisi Bill Geytsga nasib etdi. Uning yillik sof daromadi hozirda 86 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinda 75,6 milliard dollar ko‘rsatkich bilan investor Uorren Baffet nomi qayd etildi. "Amazon" internet-kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos uchinchi pog‘onani band etdi. Bezosning moliyaviy ahvoli 72,8 milliard dollarga baholandi.

To‘rtinchi o‘rinni "Zara" brendi rahbari ispaniyalik Amansio Ortega egalladi. Uning sof daromad ko‘rsatkichi 71,3 milliard dollarni tashkil qiladi. "Facebook" asoschisi Mark Tsukerberg esa 56 milliard dollar daromad bilan beshinchi o‘rinni egalladi. Ta'kidlash joizki, u reytingning ilk satrlaridagi eng yosh milliarder va Kaliforniya shtatining eng badavlat kishisi ham  hisoblanadi. Meksikalik 77 yoshli Karlos Slim nomi 54,5 milliard dollar ko‘rsatkich bilan oltinchi o‘rinda kelgan. U Telecom kompaniyasi rahbaridir.

Keyingi o‘rinlarda Larri Eliston (7-o‘rin, Software kompaniyasi), Charlz Kox (8, Diversified), Devid Kox (9, Diversified) va Maykl Blumberg (10, Bloomberg) nomlari qayd etilgan.

 

 

 

Ko‘proq yangiliklar: