Uber asoschisi kompaniya bosh direktori lavozimini tark etdi

Fan-texnika 12:00 / 21.06.2017 6296

Uber kompaniyasi asoschisi Trevis Kalanik bosh direktor lavozimini tark etdi. Bu haqda The New York Times manbalarga asosan xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, seshanba, 20 iyun kuni Uber’ning besh nafar eng yirik sarmoyadori Kalanikka maktub yuborishgan hamda undan bosh direktor lavozimidan ketishni talab qilishgan. Keyinchalik u bu masalani Uber direktorlar kengashining bir a'zosi bilan muhokama qildi. Yakunda Kalanik kompaniya rahbari bo‘yicha vakolatlarini topshirishga rozi bo‘ldi.

«Men Uber’ni dunyodagi hamma narsadan ko‘proq yaxshi ko‘raman hamda hozirgi men uchun murakkab vaqtda sarmoyadorlarning lavozimni tark etish bo‘yicha talabini qabul qildim. Bu Uber navbatdagi mojaroga aralashmay, oldinga qarab rivojlanishda davom etishi uchun juda muhim», - deyiladi kompaniya asoschisi bayonotida.

Ta'kidlanishicha, Kalanik Uber direktorlar kengashida a'zo bo‘lib qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: