Xitoy kompaniyasi mahsulotlarni yetkazib berishdan dronlardan tashqari, haydovchisiz avtomobillardan ham foydalanishni boshladi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi yozmoqda.
Nashrning bildirishicha, ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi logistikada yangi davr boshlanganini anglatadi. Ehtimol, yaqin kelajakda hayotning barcha jabhalarida intellektual texnikadan faol foydalaniladi, bu kishilarga nafaqat qulaylik tug‘diradi, balki hayotning ko‘plab sohalarini global modernizatsiya qilishga ham turtki beradi.
Mahsulotlarni haydovchisiz avtomobillar orqali yetkazib berish Jenmin, Tsinxua, Chjetszyan va boshqa universitetlarda tashkil etilgan.