Microsoft kvant kompyuter ishlab chiqarishni boshladi

Fan-texnika 17:45 / 19.06.2017 7972

Microsoft kompaniyasi shaxsiy kvant kompyuterini ishlab chiqarishni boshlaganiga oid rejalarini rasmiy reliz bilan tasdiqladi. Shu maqsadlarda tadqiqotchilardan iborat maxsus guruhlar -  Microsoft AI va Research Group tuzilmoqda. Hozirda tuzilgan guruhlar  ishlab chiqaruvchilari loyihaning qurilmaviy va dasturiy qismi ustidagi ishlarga kirishishdi. 24Gadjet shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Kvant kompyuterlarini qo‘llash hisoblash dasturlarining tezkorligini minglab marotaba oshirish imkonini beradi. Kvant kompyuterlari tamoyili bir vaqtning o‘zida ham 0, ham 1 bo‘lishga qodir kvant bitlarni qo‘llashga asoslangan. Zamonaviy an'anaviy kompyuterlarda bitlar faqat bir holatda bo‘lishi mumkin. Microsoft vakillari kvant kompyuterlari qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar samarali shifrlash, ishonchli himoya qilingan aloqa liniyalarining yaratilishi hamda kriptografiyaning rivojlanishini ta'minlashga sezilarli ta'sir ko‘rsatishiga umid qilishmoqda.

Microsoft'da kvant kompyuterlari ustidagi ishlarni Todd Xolmdal boshqaradi. U Kinect nazoratchisi, HoloLens aralash reallik ko‘zoynaklari va Xbox loyihalariga boshchilik qilgan. Xolmdal loyihaning amalga oshish muddati borasida hazillashib "masala nafaqaga chiqquniga qadar hal qilinishi"ni aytdi (u hozir 52 yoshda).

Ko‘proq yangiliklar: