Dubay yo‘l boshqarmasi 2017 yilning oxirgi choragida uchuvchisiz havo taksisini sinovdan o‘tkazishni boshlashini e'lon qildi. Bu haqda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida ma'lum qilindi.
Sinov 5 yil davom etadi. Boshqarmada ta'kidlanishicha, havo taksisi "xavfsizlikning eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi va yo‘lovchilar ularda odam aralashuvisiz harakatlana oladilar".