AQShda turmalarga taqiqlangan buyumlarni yetkazishda dronlardan foydalanilmoqda

Fan-texnika 21:20 / 19.06.2017 7561

Oxirgi 5 yil davomida AQShdagi turmalarga dronlar yordamida kontrabanda yetkazilgan o‘ndan ko‘proq holat qayd qilingan. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.

AQSh adliya vazirligining ta'kidlashicha, dronlar yordamida AQShdagi turmalarga mobil telefonlar, giyohvand moddalar, pornojurnallar yetkazib berilgan. 

"Fuqarolik dronlari borgan sari quvvatliroq, arzonroq va boshqarishda soddaroq bo‘lib bormoqda", deb aytdi Arizona davlat universiteti huquqshunoslik professori Troy Rul. "Borgan sari ko‘proq jinoyatchilar dronlarning qonunga xilof instrument sifatidagi salohiyatini anglamoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi mutaxassis.

AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi dronlar parvozlarini tartibga solish bo‘yicha ba'zi urinishlarni amalga oshirganiga qaramasdan, ayni vaqtda mavjud vaziyat kontrabandachilarga o‘zlarini jazosiz his qilishga imkon bermoqda. 

Avvalroq AQShda havaskorlik dronlarini ro‘yxatdan majburiy o‘tkazish bekor qilingani ma'lum qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: