NASA Marsga jo‘natiladigan robot imkoniyatlarini namoyish qildi

Fan-texnika 08:25 / 18.06.2017 5524

AQShning NASA koinot agentligi mutaxassislari kelajakda Marsga yuborilishi rejalashtirilayotgan "Valkiriya" nomli robot-gumanoid imkoniyatlarini namoyish qilishdi. Robotning sinovdan o‘tkazilishi videosi uni boshqarish algoritmini yaratgan IHMC Robotics institutining YouTube kanalida joylashtirildi.

Robot uning boshi, yelkasi, tanasi va oyoqlarida joylashtirilgan 200 ga yaqin datchik bilan jihozlangan. Ulardan olinuvchi ma'lumotlar robotga keyingi qadam uchun eng mos sirtni tanlash maqsadida ma'lumotlarni baholashga imkon beradi.

Robot Marsning birinchi zabt etuvchilariga Qizil sayyorani o‘zlashtirishda yordam berishi mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: