«O‘zavtosanoat» 5 yil ichida 834,5 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

Fan-texnika 18:09 / 16.06.2017 6613

«O‘zavtosanoat» AJ 2017-2021 yillarda umumiy summasi 834,9 mln. dollar bo‘lgan 51 loyihani amalga oshiradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni imzoladi. 

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dastur sohada amalga oshiriladigan sarmoyaviy loyihalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

Xususan, hisobot davrida yangi modellardagi avtomobil vositalari va texnikasini o‘zlashtirish bo‘yicha yettita loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalarning umumiy qiymati 433,7 mln. dollarni tashkil etadi.

Umumiy summasi 157,1 mln. dollar bo‘lgan to‘qqizta loyiha «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, avtomobil butlovchi qismlari va asosiy materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 35 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar qiymati 244,1 mln. dollarga teng.

Loyihalar soha korxonalarining 172,1 mln. dollarlik o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari – 138,9 mln. dollar, manzilli manbalar mablag‘lari – 381,8 mln. dollar va xorijiy sarmoyalar hamda kreditlar hisobidan amalga oshiriladi – 142,1 mln. dollar.

Ko‘proq yangiliklar: