O‘zbekiston Hindistonga 1 mlrd dollarlik mahsulot yetkazib beradi

Iqtisodiyot 17:09 / 13.06.2017 13203

O‘zbekiston va Hindiston o‘zbek mahsulotlarini ushbu mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev ma'lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Ostona sammiti doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
 
G‘aniyev, O‘zbekiston telekanaliga bergan intervyusida mazkur muzokaralar natijasini izohlar ekan, tomonlar 1 mlrd dollardan ortiq mineral o‘g‘itlar, tabiiy uran, dukkakli donlar, sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, mis, noyob va boshqa turdagi rangli metallar, elektrotexnika, kabel, paxta tolasi mahsulotlarini yetkazib berishga kelishib olganini ta'kidladi. 

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirlarining qayd etishlaricha, mamlakatlar investitsiya, tibbiyot va farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. 

G‘aniyevga ko‘ra, O‘zbekiston va Hindiston dori-darmonlar ishlab chiqarish va tibbiy xizmatni yaxshilash borasida hamkorlik qilish, ipakni qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirmoqda. 

Shu bilan birga, ikki davlat axborot texnologiyalari, xususan dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish sohasida hamkorlik qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: