OPeKning neft eksportidan daromadi 11 yil ichidagi eng past darajaga tushib ketdi

Iqtisodiyot 15:38 / 13.06.2017 2596

2016 yilda OPeK tashkilotiga a'zo davlatlarning neft ekportidan qilgan daromadi 2005 yildan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bundan kartelning har yilgi statistik hisoboti ma'lumotlari darak bermoqda.

2016 yilda neft eksportidan tushgan umumiy daromad 2015 yil bilan taqqoslaganda 13,2 foizga tushib ketdi - 445,684 mlrd. dollar.

2015 yilda xomashyo eksportidan tushgan daromad hajmi 513,430 mlrd. dollarga teng bo‘lgan.

OPeK maksimal daromadni esa 2012 yilda ko‘rgan – o‘shanda bu ko‘rsatkich 1,183 trln. dollarni tashkil qilgan.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, neft eksportidan daromad hajmini oshirib olgan yagona davlat Eron bo‘ldi. Daromad 1,5 barobarga oshgan - 41,123 mlrd. dollar.

Ko‘proq yangiliklar: