Saudiya Arabistoni AQShga neft eksport qilish hajmini taxminan 30 yil ichidagi minimum qiymatgacha qisqartiradi. Iyul oyidagi savdo 1988 yilning shu oyidan beri minimali bo‘ladi, deb yozmoqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri.
"Saudi Aramco davlat kompaniyasi iyunda AQShga sotadigan neft hajmi kuniga million barreldan pastroqqa tushishini kutmoqda, so‘ngra iyulda kuniga 850 ming barrelgacha qiymatga tushib ketadi. AQSh energetika vazirligining energetika bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShga eksport bo‘yicha iyuldagi ko‘rsatkich 1988 yilning shu oyidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ladi", deb ta'kidlab o‘tdi nashr.
Ba'zi tahlilchilarning fikricha, eksport hajmining bu qisqartirilishlari OPeK va unga kirmaydigan davlatlarning neft global zaxiralarini qisqartirish bo‘yicha kelishuvini amalga oshirishga yordam beradi.
"AQShga eksportning pasayishi Saudiya Arabistoni taklifning ortiqchaligi muammosini hal qilishga jiddiy munosabatdaligini ko‘rsatadi", deb ta'kidlab o‘tdi nashrga Credit Suisse Group AG’ning global energetik strategi Yan Styuart.
OPeK va unga kirmaydigan davlatlar 2016 yil oxirida Venada neft qazib olish hajmini oktabrdagi darajadan umumiy hisobda 1,8 mln barrelga kamaytirishga kelishib olishgandi. Ushbu kelishuv 2017 yilning birinchi yarmi uchun uzaytirish imkoni bilan tuzilgan. May oyida uning amal qilishi 9 oyga – 2018 yil martigacha uzaytirilgandi.