CLICK kompaniyasi “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bilan hamkorlik ishga tushgani va CLICK tizimi orqali bevosita temir yo‘l kompaniyasining saytida chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilingani xabar qildi.
“O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bilan ishga tushirilgan hamorlik natijasida 3 milliondan ortiq CLICK foydalanuvchilari milliy temir yo‘l tashuvchining chiptalarini onlayn tarzda xarid qilish imkoni muvaffaqiyatli o‘z yechimini topdi.
Temir yo‘l chiptalariga to‘lovni amalga oshirish jarayoni butunlay avtomatlashtirilgan va juda qulay. Buning sababi - yangi yechimlar marshrutlar va hatto joylarning qaysi biri bo‘shligini, yo‘lakcha yoki oynaga yaqinini tanlash imkonigacha, aynan shu paytdagi aktual ma'lumot va holatini yetkazib beradi, hamda bu esa o‘z o‘rinda safarlarni rejalashtirishda va bevosita chiptani xarid qilishda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda.
“Kompaniyamiz milliy tashuvchi - “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJi bilan birgalikdagi hamkorlikdan va chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyati ishga tushganidan juda mamnunmiz. O‘ylaymizki, bizning ko‘plab foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay deb topishadi. Biz esa, erishilgan natijalarimizda to‘xtamay, foydalanuvchilarimiz uchun to‘lovlarni amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga harakat qilamiz”, - deb ta'kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.
Xizmatlar “Info Zone” MChJ ishtirokida ko‘rsatiladi. Xizmat haqi chiptaning umumiy narxidan 2%.