Airbus prezidenti ishlab chiqarishni Buyuk Britaniyadan ko‘chirish bilan tahdid qildi

Iqtisodiyot 13:40 / 11.06.2017 7105

Airbus aviaqurilish konserni mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi munosabati bilan yuzaga kelgan zavod talablari bajarilmagan taqdirda ishlab chiqarishni Buyuk Britaniyadan boshqa mamlakatga ko‘chirish bilan tahdid qildi. Bu haqida Airbus prezidenti va bosh direktori Fabris Brejyening bayonotiga asoslanib, The Sunday Times xabar berdi. 

"Biz Buyuk Britaniyada qolishni xohlaymiz, biroq buning uchun bizning shartlarimiz inobatga olinishi kerak, - deya ta'kidladi u. - Tasavvur qiling, men Britaniya fuqarosi bo‘lmaganim uchun o‘z zavodlarimni ko‘zdan kechira olmasam". 

Brejyening fikricha, Brexit bo‘yicha yakuniy bitim konsernning turli mamlakatlarda joylashgan fabrikalari ishchilariga Buyuk Britaniya hududiga to‘siqlarsiz kirish va chiqish imkonini berishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma Birlashgan Qirollikda ishlab chiqariluvchi sertifikatlar Yevropa aviatsion xavfsizlik agentligi bilan muvofiqlashtirilishini kafolatlashi kerak. 

Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi loyihalar ustida ishlash Britaniyada davom etadi, biroq laynerlarning yangi modellarini ishlab chiqarish boshqa mamlakatlarga ko‘chirilishi mumkin. Uning fikricha, bu borada takliflar ko‘p bo‘ladi. 

Airbus'ning Filton va Broton (Buyuk Britaniya)dagi zavodlarida avialaynerlar uchun qanotlar ishlab chiqariladi. Umumiy hisobda korxonalarda 10 ming kishi faoliyat yuritadi. 

Ta'kidlash joizki, Brexit'ga doir muzokaralar 19 iyunda boshlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: