Rossiyadan 5 oy davomida 22 mlrd dollar olib chiqib ketildi

Iqtisodiyot 20:22 / 09.06.2017 28464

Joriy yilning yanvaridan mayigacha Rossiyadan 22,4 mlrd dollar olib chiqib ketildi. 2016 yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 10,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bundan Rossiya markaziy banki saytida joylashtirilgan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.    

"Kapitalning olib chiqib ketilishi borasida o‘tgan yilga nisbatan bank sektorining xorijiy aktivlarni joylashtirish va tashqi qarzlarni uzish operatsiyalari yetakchilik qildi. Qolgan sektorlar iqtisodiyotga mablag‘lar jalb qilib, aksincha, kapitalning sof kirishini ta'minladi", deb aytildi bankda.  

2017 yil yanvar-mayida Rossiyaning joriy operatsiyalari hisobi ijobiy saldosi 27 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 1,7 barobarga oshgan.    

2016 yilda Rossiyadan kapitalning sof olib chiqilishi 2015 yilga nisbatan 4 marotabaga kamayib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilgandi. 2015 yilda markaziy bank kapitalning sof olib chiqilishini 57,5 mlrd dollarga baholagandi.    

Ko‘proq yangiliklar: