Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50 foizga ortdi

Iqtisodiyot 16:16 / 07.06.2017 22703

2017 yilning dastlabki choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,79 foizga ortdi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki xabar berdi.

Yanvar - mart oylari davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 570 mln dollar — o‘tgan yilga qaraganda 192 mln dollarga ko‘p pul mablag‘lari yuborildi.

2016 yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 378 mln dollar, 2015 yilda — 466 mln dollarni tashkil etganini hisobga olganda, bu so‘nggi yillardagi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shu vaqt mobaynida O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilning birinchi choragidagi 82 mln dollardan 2017 yilda 68 mln dollarga pasaydi.

 

Ko‘proq yangiliklar: