Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017 yilda qanchaga o‘sishini taxmin qildi

Iqtisodiyot 12:16 / 05.06.2017 22741

Jahon banki O‘zbekiston uchun prognozini yaxshi tomonga qayta ko‘rib chiqdi. Endilikda, bankning fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017 yilda 7,6 foizga o‘sadi. 

Jahon bankining “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotining iyun sonida ta'kidlanishicha, 2017 yilda O‘zbekiston YaIM 7,6 foizga o‘sadi, bu esa bank tomonidan 2017 yilning yanvar oyidagi prognozdan 0,2 foiz punktiga ko‘p.

Bank prognozlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 7,7 foizni tashkil etsa, 2019 yilda – 7,8 foizga teng bo‘ladi.

Jahon banki O‘zbekiston YaIMning 2018 va 2019 yillardagi o‘sishiga doir prognozini ham yaxshiladi – yanvar oyidagi prognozdan 0,3 va 0,4 foiz punktiga ko‘p.

Bank hisobotida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston YaIM 2016 yilda 7,8 foizga o‘sgan, bu yanvar prognozidan 0,5 foiz punktiga ko‘p degani.

Ko‘proq yangiliklar: