Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Turkiyadan ayrim mahsulotlarni yetkazib berishga doir cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat Rossiya Vazirlar mahkamasi saytida e'lon qilingan.
«Hukumatning 2015 yil 30 noyabrdagi 1296-sonli qarori bilan Turkiya respublikasida ishlab chiqarilgan va 2016 yil 1 yanvaridan Rossiyaga olib kerilishi taqiqlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xom ashyo va oziq-ovqatlar ro‘yxati tasdiqlangan edi», — deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, mazkur qaror bilan parranda va kurkalarning muzlatilgan go‘shtlari, ulardan ishlab chiqarilgan submahsulotlar, muzlatilgan bodring va kornishonlar, sarxil olma, nok, uzum, yertut va qulupnaylarni olib kirishga ruxsat beriladi.