OAV: "Magnit" Suriya mevalari va sabzavotlarini sotadi

Iqtisodiyot 14:40 / 31.05.2017 11228

Maykopning "Adig-Yurak" kompaniyasi Rossiyaning yirik oziq-ovqat mahsulotlari tarmog‘i "Magnit" bilan Suriyadan meva-sabzavotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb yozmoqda "Kommersant" gazetasi.

"Adik-Yurak" xo‘jayini Aslan Paneshning nashrga aytishicha, kompaniya yoz mavsumi oxirigacha Rossiyaga 6 ming tonna mahsulotni import qilishni rejalashtirmoqda. Kelasi yil bu raqam 80–90 ming tonnaga yetkaziladi. U, shuningdek, boshqa chakana savdo majmualari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini, biroq ular qiziqish bildirmaganini ta'kidlagan. "Magnit" matbuot xizmati hamkorlik qilinayotganini tasdiqlagan bo‘lsa-da, boshqa savollarga javob bermagan. 

Suriya meva-sabzavotlarini import qilish rejasi 2016 yil martida paydo bo‘lgandi. O‘shanda, mahsulotlarni qadoqlash muammosi bunga imkon bermagandi. Endilikda, mahsulotlarni Suriyadagi korxonalarda qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 

Federal bojxona xizmatiga ko‘ra, Rossiya o‘tgan yili jami 5 mlrd dollarlik 6,7 mln tonna sabzavotlar, mevalar va yong‘oq import qilgan. Shundan 14,5 ming tonnasi  (10,5 mln dollar) Suriya hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: