Virtual pullar bozori 2 kunda 30 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotdi

Iqtisodiyot 15:10 / 30.05.2017 20834

So‘nggi 2 kunda raqamli pullarning bozor kapitallashuvi hajmi 25 mlrd dollardan ortiq qisqardi, Coinmarketcap reytingi shunday deyishga asos bo‘lmoqda.

24 may kuni kriptovalyutalarning umumiy hajmi 90 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 27 mayga kelib bu ko‘rsatkich 58 mlrd dollargacha pasaydi. Ayni vaqtda bozor birmuncha barqarorlashgan va 69 mlrd dollarga tenglashgan.

Coinmarketcap ma'lumotlariga ko‘ra, 26—27 may kunlari yuqorilikvidli (foydali) altkoinlar qiymatining 20 foizidan ortig‘ini yo‘qotgan.

Ta'kidlash joizki, Bitcoin yil boshidan beri 150 foiz qimmatlashdi. 25 may kuni kriptovalyuta bir kunda 3 marta rekord o‘rnatib, 2500, 2600 va 2700 dollargacha ko‘tarildi hamda tarixida ilk marotaba 2800 dollarlik ko‘rsatkichga yaqinlashdi. Keyin kutilmaganda 2365 dollargacha pasaydi. 

Bozor AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaning qarorini kutmoqda. U ilk bitkoinfond birjasini ishga tushirishni rad etish qarorini qayta ko‘rib chiqmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: