Tramp va Abe KXDRga qarshi sanksiyalarni keskinlashtirishga kelishib oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Italiyadagi G7 sammiti doirasida yadroviy dasturini rivojlantirishda davom etayotgani tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni qat'iylashtirishga kelishib olgan. Bu haqda Oq uyga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatdi.
«Prezident Tramp va bosh vazir Abe Shimoliy Koreya va bu davlatning yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalarni keskinlashtirishda hamkorlik qilishga kelishib oldi», — deyilgan Oq uy ma'lumotida.
Qayd etilishicha, Vashington va Tokio «KXDRga qarshi himoyalanish» maqsadida o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Mavzuga oid

20:53
Tramp Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha qo‘shimcha bojlar joriy etadi

19:53
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

19:47
Trampning tinchlikka intilishi - AQSh zaifligining tan olinishi. Ekspert Amerika prezidenti tashqi siyosati haqida

18:09