Buyuk Britaniyada dunyodagi ilk bir o‘rindiqli politsiya sportkari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 21:38 / 26.05.2017 6977

Britaniyaning BAC Mono sportkari politsiyachilar uchun mo‘ljallangan dunyodagi ilk bir o‘rindiqli sport avtomobili bo‘ldi. Mashinani yaratgan kompaniya undan bir donasini tezlik uchun rekord zayezdlar o‘tkaziladigan Men oroliga berdi.

Politsiya mashinasiga monand bo‘yalgan sportkar yo‘llarda o‘zini xavfsiz va mas'uliyatli tutish dasturlariga e'tibor qaratish maqsadida turli shoular va festivallarda ishtirok etadi.

BAC Mono ilk bor 2011 yilda paydo bo‘lgandi. U 2,5 litrli, 310 ot kuchiga ega dvigatel va olti pog‘onali uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Modelning og‘irligi 580 kg ni tashkil qiladi. Mashina 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erishadi. Mashinaning maksimal tezligi esa 273 km/soatni tashkil qiladi.  

Eksklyuziv sportkarlarning eng katta avtoparki Dubay politsiyasida bo‘lib, unda Porsche 918 Spyder, Audi R8, Aston Martin One-77, Bentley Continental GT, BMW M6, Bugatti Veyron, Ferrari FF, Ford Mustang, Lamborghini Aventador, McLaren MP4-12 °C, Mercedes-Benz SL 63 AMG, SLS AMG i G63 AMG, Nissan GT-R va Lexus RC F kabi modellar mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: