OPeK tarkibidagi davlatlar va alyansga a'zo bo‘lmagan mamlakatlar neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvini yana 9 oyga, 2018 yil marti oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda bugun Venada o‘tkazilgan yig‘ilish ishtirokchisiga asoslangan holda Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.
Kelishuvni uzaytirishdan maqsad — bozorda neft narxi barqarorligiga erishishdir. Neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuv xom ashyoning dunyo zaxiralari qisqarib borishi va neftga bo‘lgan talab oshishiga olib kelganini ta'kidlanadi.
Bundan oldinroq Eron neft vaziri Bijan Namdar Zangan kartel uchun optimal narx bir barrel uchun 55-60 dollar ekanini qayd etgandi.
Bugungi ma'lumotlarga ko‘ra, Brent markasidagi neft narxi barreliga 53,24 dollarni tashkil qilmoqda.