Forbes: Rossiyaning eng badavlat merosxo‘rlari reytingi

Iqtisodiyot 22:42 / 25.05.2017 20297

"Lukoyl" OAJ hammuassisi Vagit Alekperovning o‘g‘li Yusuf Alekperov Rossiyaning eng badavlat merosxo‘rlari reytingida yetakchilik qilmoqda. Forbes jurnali yangi reytingi shundan dalolat beradi.

"Ro‘yxatda 20 oila bo‘lib, har bir bolaga kamida 2,3 milliard dollar to‘g‘ri keladi. Bu oilalardagi bolalarning umumiy soni - 47 nafar", - deyiladi xabarda.

Yusuf Alekperov (1990 yilda tug‘ilgan) - 14,5 milliard dollar, "SUEK" va "SGK" kompaniyalari direktorlar kengashi raisining qizi Tara Melnichenko (2012 y.t.) - 13,2 milliard dollar va "Novatek" OAJ boshqaruv raisi leonid Mixelsonning ikki farzandiga 9,2 milliard dollardan tegadi. 

To‘rtinchi o‘rinda - "Alfa-Grupp" hammuassisi Aleksis Kuzmichev (2009 y.t.) bo‘lib, u 7,2 milliard dollarga ega bo‘ladi. Rossiyaning eng badavlat merosxo‘rlari beshligini 6,8 milliard dollar bilan "Magnit" hammuassisining qizi Polina Galitskaya (1995 y.t.) yakunlaydi.

Umumiy statistikani ham keltiruvchi manbaga ko‘ra, "Forbes ro‘yxatidagi 96 nafar rossiyalik milliarderning umumiy moliyaviy holati 386 milliard dollarni tashkil qilgan, umumiy hisobda esa - 274 bola. Boshqacha qilib aytganda, milliarderlar to‘plagan umumiy boyliklari hisobidan ularning har bir farzandiga o‘rtacha 1,4 milliarddan to‘g‘ri keladi".

Ko‘proq yangiliklar: