Yangi Zelandiyadagi xususiy kosmodromdan ilk raketa tashuvchi uchirildi

Fan-texnika 13:20 / 25.05.2017 4559

Yangi Zelandiya-Amerikaning Rocket Lab fazoviy kompaniyasi payshanba kuni Yangi Zelandiyadagi uchish maydonidan "Elektron" raketasini ilk bora parvozga chiqardi.

"Uni koinotga jo‘natdik. Jamoaning ko‘ngli to‘q", - deya yozdi kompaniya Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, kompaniya asosiy vazifasi orbitaga kichik sun'iy yo‘ldoshlar va boshqa mayda yuklarni yetkazish bo‘lgan "Elektron" raketa tashuvchisining uchirilishi muhrlangan kadrlarni e'lon qildi. Parvoz mamlakat shimoli-sharqidagi Maxiya yarim orolidan mahalliy vaqt bilan soat 16.20 (Toshkent vaqti bilan 09.20)da amalga oshirilgan. Raketaning o‘ziga xos jihatlaridan biri – hajmli bosma texnologiyasi yordamida yasalgan dvigatel.

Biroq raketani orbitaga olib chiqishning imkoni bo‘lmadi.

"Biz orbitaga yetib bora olmadik hamda bu nima sababdan ro‘y berganini aniqlashtiramiz", - deya kompaniya asoschisi Piter Bekning so‘zlarini keltiradi Assoshieyted Press agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: