O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 08:46 / 24.05.2017 21255

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 23 maydagi farmoni bilan O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga yangi raisni tayinladi.

Farmonga ko‘ra, ushbu qo‘mitaga endilikda Bahodir Begalov rahbarlik qiladi.

Begalov bu lavozimda Botir To‘rayev o‘rnini egallaydi.

Bahodir Begalov 1968 yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma'lumotga ega. 1992 yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan. 1992—2012 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.

2012—2016 yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. O‘rindoshlik asosida TDIUning «Iqtisodiyotda axborot tizimlari» kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2016 yilning aprelidan buyon Toshkent moliya institutida rektor lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: