Rossiya Davlat dumasidagi 3ta fraksiya vakillari messenjerlardagi foydaalanuvchilar shaxsi aniq bo‘lishini talab qiluvchi Federal qonun loyhasini quyi palata muhokamasiga kiritdi. «Yedinaya Rossiya», «Spravedlivaya Rossiya» va RFKP fraksiyalari hamkorligida tayyorlangan hujjat qisqa xabarlarni almashishni yo‘lga qo‘ygan tashkilotchi qonunchilikka binoan shaxsi aniqlangan foydalanuvchilar xabarlarini yuborishga ruxsat berishni talab qiladi.
Bunda shaxsni aniqlashda esa, uning abonentlik raqamidan foydalanish taklif etilmoqda. Buning uchun messenjerlik xizmatini ko‘rsatuvchi aloqa operatori bilan shartnoma imzolashi kerak.
Deputatlar, shuningdek, «messenjer»larga boshqa foydalanuvchilardan elektron xabar olishni rad etish, davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan elektron xabarlarni tarqatish imkoniyati berilishini talab qilishmoqda.
Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa qo‘mitasi raisi Leonid Levinning aytishicha, «ushbu qonun loyihasining muhim yangiligi messenjerlar foydalanuvchilarining telefon raqamlari orqali majburiy aniqlanishini joriy qilishdir. Bu chora jinoyatchilarning terrorchilik aktlari va ta'magirlik harakatlarini sodir etish va muvofiqlashtirishda imkoniyatlarini jiddiy chegaralaydi». Shu bilan birga, deputat «bu yo‘nalishdagi qadamlar qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarning huquq va erkinlari cheklanishiga olib kelmasligi muhim ekani»ni ta'kidladi.