Qozog‘iston hududida 2017 yilning 4 oyi davomida 5050 ta avtotransport vositasi ishlab chiqarildi, ularning umumiy qiymati 28,9 mlrd. tengega teng, deb xabar bermoqda Nur.kz «KazAvtoProm» matbuot xizmatiga asosan.
Ishlab chiqarish hajmlari o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 3,5 barobar ko‘proq bo‘ldi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarish darajasi 5,4 barobarga oshib, 4 571 tani tashkil etdi.
2017 yilning yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha avtobus texnikasi ishlab chiqarish bir yil avvalgi ko‘rsatkichni 2 barobarga ortda qoldirdi. Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 36 foizga qisqardi.
2017 yilning aprel oyi natijasiga ko‘ra, 1645 ta avtomobil chiqarilgan (2016 yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 4,2 barobarni tashkil qildi).
Qozog‘istondagi avtozavodlar 3859 ta mashinani sotdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 37,2 foizga ko‘proq.
2017 yilning to‘rt oyi yakuniga ko‘ra, Qozog‘istonda yig‘iluvchi eng talabgir yengil avto brendlari orasida yetakchilik Lada (1897 ta), KIA (600 ta), Hyundai (345 ta), Chevrolet (264 ta) va JAC’ga (174 ta) tegishli bo‘ldi.