Dollarning rublga nisbatan kursi 57 rubldan pasaydi

Iqtisodiyot 18:56 / 22.05.2017 11498

Rossiya banki 23 may uchun dollarga nisbatan rasmiy rubl kursini belgiladi. U 66 kopeykaga pasayib, 56,50 rublni tashkil etmoqda. 1 yevro 48 kopeykaga arzonlashib, 63,17 rubl etib belgilangan. Bank saytiga qo‘yilgan ma'lumotlar shundan dalolat qilmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 14:30da Amerika valyutasi Moskva birjasida 56,65 rubldan sotilgan, yagona Yevropa valyutasi 63,86 rubl bo‘lgan. 

Londonning ICE birjasidagi savdolarda esa, Brent navli neft 0,8 foizga qimmatlashib, bir barreli 54,03 dollarga yetgan. 

Ko‘proq yangiliklar: