Hillari Klinton Trampning quchoq ochib ko‘rishishidan qochishni repetitsiya qilgan (video)

Jahon 00:57 / 20.05.2017 23046

AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan Hillari Klinton saylovoldi debatlari vaqtida Donald Trampning quchoq ochib ko‘rishishidan qochishni repetitsiya qilgan. Bundan Klintonning sobiq yordamchisi Filipp Rayns tomondan tarqatilgan video guvohlik bermoqda.

Videoda Klintonning Trampga o‘xshash aktyor bilan debatlarni sahnalashtirayotganini ko‘rish mumkin. Videoda Klinton debatlar boshida "Tramp" tomon qo‘llarini cho‘zgancha borayotgani, Trampni o‘ynayotgan aktyor esa unga quchoq ochib kelayotganini ko‘rish mumkin. So‘ngra Klinton "Tramp"dan o‘ng qo‘liga shapalatib, qochmoqchi bo‘ladi, biroq "Tramp" Klintonga yetib olib, yelkalaridan ushlagancha, boshidan o‘pib qo‘yadi. Kadr ortida esa Klinton yordamchilarining xoxolab kulayotganlari ovozi eshitiladi. "Debatlarga tayyorgarlik ko‘rishimizdagi eng sevimli lahzam", deb izoh bergan videoga Rayns.

Twitter foydalanuvchilaridan biri Raynsdan "videoda haqiqatan ham Klinton tasvirlanganmi?" deb so‘ragan. "Aynan o‘zi", deb javob bergan Rayns.

Klintonning o‘zi esa "Men bugun bu videoni ko‘rib miriqib kuldim. Umid qilamanki, bu video kuningizni xushnud qila oladi", deb videoga izoh qoldirgan.

Debatlar vaqtida Klinton va Tramp bir necha marotaba namoyishkorona bir-birlari bilan qo‘l siqishishdan bosh tortishgan. Ular orasida quchoq ochib ko‘rishishni aytmasa ham bo‘ladi. 

"Tramp quchoqlari" mavzusi AQSh axborot hududida ikkinchi marotaba sizib chiqmoqda. Avvalroq Tramp tomondan iste'foga ketkazilgan FQBning sobiq direktori Jyeyms Komining do‘stlari Hill nashriga Komi Tramp uni omma oldida quchoqlab qo‘yganida u bundan jirkanganini ma'lum qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: