O‘zbekistonda noyob texnologiya asosida yuqori sifatli benzin ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 21:22 / 19.05.2017 22020

AQShning ExxonMobil mobil kompaniyasi O‘zbekistonga metanoldan yuqori sifatli benzin ishlab chiqarish texnologiyasini taqdim etadi. Bu haqda podrobno.uz nashriga UNIS chex kompaniyasi ijrochi direktori Lyubosh Glozar ma'lum qildi.

Investitsion loyihani "Navoiyazot" AJ hududida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Qurilma yiliga 300 ming tonnagacha metanolni qayta ishlay oladi va Yevro-5 standartiga mos keluvchi 100 ming tonnadan ko‘proq yuqori sifatli benzin ishlab chiqara oladi. Investitsiyalar qiymati hozircha ma'lum qilinmayapti. 

"Biz ExxonMobil bilan qo‘shma taklifimizni mutasaddi tuzilmalarga yubordik. Ayni vaqtda ular loyihani amalga oshirish yo‘llarini batafsil o‘rganmoqdalar. Umid qilamizki, biz yaqin orada ishni boshlaymiz", deb aytdi Glozar.

"Navoiyazot" hududida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqaruvchi majmua qurilishi yakunlanmoqda. Aynan shu majmua ExxonMobil texnologiyasi qo‘llangan holda yaratilgan qurilma uchun xom ashyo bazasi bo‘ladi. 

"Loyiha kichik qiymatli emas, biroq 3-4 yil ichida tez o‘zini oqlaydi. Bu sinovdan o‘tgan texnologiya bo‘lib, benzin ekologik standartlarga mos keladi", deb aytdi Glozar.

Uning aytishicha, "Navoiyazot" hududida tegishli joy tanlangan, texnik tayyorgarlik davom etmoqda.

Bundan tashqari, AQSh kompaniyasi "O‘zbekneftgaz" MXK bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini bildirmoqda hamda neft va gazni chuqur qayta ishlashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan o‘zida mavjud boshqa texnologiyalarni ham taklif qilishi mumkin.

Bunga misol Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiyalash bilan yuqori sifatli moylash materiallari va moylar ishlab chiqarish texnologiyasi hisoblanishi mumkin.  

ExxonMobil tomondan metanoldan benzin olish jarayoni metanolni tovar benzinga aylantirishni ta'minlaydi. Bu benzin deyarli oltingugurtga ega emas va oz miqdorda benzolga egaligi bilan ajralib turadi. Ta'kidlash joizki, ushbu texnologiya muqobillarga ega emas va faqatgina Xitoy tomondan o‘zlashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: