Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, Alibaba Group elektron tijorat kompaniyasi asoschisi Jyek Ma Xitoyning eng badavlat kishisiga aylandi.
Shu tariqa, tadbirkor Wanda Group rahbari Van Tszyanlinni ortda qoldirgan.
Aniqlik kiritilishicha, Jyek Maning davlati 30,9 mlrd. dollar, Van Tszyanlinniki esa - 30,7 mlrd dollarga baholangan.
Wanda Group asoschisi asosan ko‘chmas mulk va ko‘ngilochar sohalar tufayli pul ishlab topadi. Jyek Maning davlati esa 2017 yilda Alibaba aksiyalari qimmatlashgani bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Osiyoning eng boy kishisi sifatida hongkonglik multimilliarder Li Tszyachen e'tirof etildi. Uning mablag‘lari 32,9 mlrd. dollarga baholandi.
Alibaba Group – Xitoyning yirik kompaniyasi bo‘lib, elektron tijorat sohasida faoliyat olib boradi. U 1999 yilda tashkil topgan hamda tarkibiga AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com, Alibaba.com va Alibaba Pictures kabi kompaniyalar kiradi.