Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
2023 yil sentabr oyida Sergelidagi omborda sodir bo‘lgan kuchli portlashda Inter Logistics hamda Polychem MChJlarning direktorlari aybdor, deb topildi. Sudlanuvchining har biriga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, 2 yil davomida “rahbarlik va yong‘in xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqi”dan mahrum etildi. Shuningdek, fuqaroviy jabrlanuvchilar va da’vogarlar foydasiga 282 milliard so‘m mablag‘ni solidar tartibda undirilishi belgilandi.
2023 yil 28 sentabr kuni soat 2:43 da Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar massivida Inter logistics kompaniyasi omborxonada kuchli portlash ro‘y bergan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hududdagi 39 ta ko‘p qavatli uyning 1370 ta xonadoni hamda 246 ta hovliga ziyon yetib, umumiy zarar miqdori 14,5 mlrd so‘mni tashkil etgandi. Fojia oqibatida 1 nafar o‘smir vafot etgan, 100 dan ortiq kishi jabrlangandi.

Daryo.uz nashrining xabar berishicha, 11 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudya Dadaboyeva raisligida mazkur ish ko‘rib chiqildi. 4 nafar sudlanuvchining har biri Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” hamda “b” bandlari nazarda tutilgan jinoyatlar — “odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi”da aybdor deb topilgan. Sudlanuvchilarga, ushbu modda uchun nazarda tutilgan eng og‘ir jazolar tayinlangan, xususan:
Inter Logistics MChJ direktori Firdavs Sayiddinov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U shu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yong‘in xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada o‘tash belgilandi.
Inter Logistics MChJ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Farhod Abdurahimov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U shu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yong‘in xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada o‘tash belgilandi.
Polychem MChJ direktori Sardor Bahromov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U shu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yong‘in xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada o‘tash belgilandi.
Polychem MChJ ombor mudiri Kamoliddin Nazarov – Jinoyat kodeksining 259 modda, 2 qismi “a” va “b” bandlari bilan aybdor, deb topilgan. U shu modda bilan 2 yil davomida “rahbarlik va yong‘in xavfsizligi vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqi”dan mahrum etilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyada o‘tash belgilandi.
Barcha ayblanuvchilar uchun jazo muddatini o‘tash – 2023 yil 29 sentabr boshlab hisoblangan hamda qamoqqa olish ehtiyot chorasi aslicha qoldirilgan.
Sud tomonidan sudlanuvchilar hamda Inter Logistics MChJ, Polychem MChJdan o‘nlab fuqaroviy jabrlanuvchilar va da’vogarlar foydasiga 282 milliard so‘m mablag‘ni solidar tartibda undirishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

14:24 / 12.07.2025
Bloomberg: Ukraina Tyumen viloyatidagi gaz quvurini portlatib yubordi

14:15 / 10.07.2025
Veolia Energy Toshkentda quvur yorilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplab beradi

11:56 / 10.07.2025
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)

18:29 / 04.07.2025