Apple pitssa saqlash uchun idishga patent oldi

Foto: © twitter.com/joshavant
Apple kompaniyasi pitssa saqlashga mo‘ljallangan antiqa idish yaratib, uni patentlashtirdi. Bu haqda Wired nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, idish uchun patent olishga ariza 2010 yildayoq topshirilgan. Idishni yaratishda Apple’ning oziq-ovqat xizmati rahbari Franchesko Longoni ishtirok etgan.
Idish konstruksiyasida havo aylanib turadigan teshiklar bo‘lib, u orqali issiq pitssaning bug‘i tashqariga chiqadi. Buning oqibatida idish ichida namlik yig‘ilmaydi va pitssa bo‘kib qolmaydi.
Wired’ning ta'kidlashicha, bunday buyumlar faqatgina Apple kampuslari ichida qo‘llashga mo‘ljallangan. Idish kompaniya xodimlariga oshxonadan issiqqina pitssani keltirib, shundoqqina ish joylarida ovqatlanishlariga imkon beradi.
Mavzuga oid

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025