S&P: Ukraina 3 yil ichida 20 mlrd dollardan ko‘proq qarzini to‘lashi kerak

Iqtisodiyot 08:01 / 14.05.2017 8506

Ukraina 2017 yildan 2020 yilgacha davrda 20 mlrd dollardan ko‘proq qarzni va ular bo‘yicha foizlarni to‘lashi kerak, deb aytildi Standard & Poors reyting agentligi matbuot bayonotida.

S&P Ukrainaning reytingini yana "B-/V" darajada ekanligini tasdiqladi hamda "B-" darajasi Ukrainada ancha katta miqdorda qarz bo‘yicha to‘lovlar va islohotlar sur'atini sekinlashtiruvchi siyosiy muammolar mavjudligi va mamlakat sharqidagi nazorat qilinmaydigan hududlar qamalini aks ettirishini ma'lum qildi. Ukrainaning 2017 yilgi yalpi ichki mahsulotining 21 foiziga teng miqdordagi qarz mamlakat reytingiga putur yetkazgan asosiy omil bo‘ldi. 
 
Agentlikda Ukraina 2017 va 2018 yillarda davlat qarzini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini mos ravishda 2,6 va 3,9 mlrd dollar miqdorida bajaradi, deb kutilmoqda va 2019 yildagi to‘lov (7,5 mlrd dollar) Ukraina hukumatining islohotlarni hayotga tatbiq qila olishi va qarzning bir qismini qayta moliyalay olishiga bog‘liq bo‘lishiga ishora qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: