Misrda yer osti sag‘anasida 17 ta mumiyo topildi

Foto: REUTERS / Mohamed Abd El Ghany
Misrlik arxeologlar Misrning markaziy qismidagi Minya viloyatida, Tuna-al-Gabal degan joydagi yer osti sag‘anasida 17 ta mumiyolangan jasadni aniqlashdi. Bu haqda arxeologlarga iqtibos keltirgan holda "Al-Axram" nashri xabar bermoqda.
"Markaziy Misrda ilk bor bunday katta miqdorda mumiyo bor bo‘lgan qabr topildi. Bu yanada kattaroq qabrlar bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi", deb aytdi jurnalistlarga arxeologik missiya rahbari Saloh al-Xuliy.
Al-Xuliy avvalroq sag‘ana o‘g‘rilar tomondan ochilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan, biroq bu qachon yuz berganini aytishga qiynalgan.
Ta'kidlanishicha, qabr Misr tarixidagi yunon-rum davriga tegishli hisoblanadi.
Mavzuga oid

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

18:36 / 20.02.2025
Misrda 100 yil ichida ilk bor fir’avn qabri topildi. Unda Tutmos II dafn etilgan

22:23 / 19.02.2025